AsosiyJamiyat

Farg`onada “Damas” bilan “Ij” motosikli to`qnashishi natijasida bir inson vafot etdi

'Farg`onada “Damas” bilan “Ij” motosikli to`qnashishi natijasida bir inson vafot etdi'ning rasmi

Toshloq tumanida bir inson o`limi bilan tugagan YTH sodir bo`ldi, deb xabar bermoqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati.

 Voqea 17 avgust kuni yuz bergan. Ta`kidlanishicha, fuqaro E.X. “Damas” rusumli  avtomashinasini Yakkatut MFY hududida boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanib kelayotgan A.T. boshqaruvidagi “Ij” rusumli motosikl bilan to`qnashib ketgan. Oqibatda motosikl haydovchisi A.T. tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Afsuski, bir inson bu YTHning qurboni bo`ldi. Agar sergaklikni oshirmasak bunday qurbonlar ko`p bo`laveradi. Shu munosabat bilan IIB avtotransport boshqaruvchilarini yo`l harakati qoidalariga amal qilishga, harakatlanib kelayotganda tezlikni oshirmaslikka chaqiradi.

 

    Boshqa yangiliklar