Bugun mamlakatimizning 11 ta hududida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlarning 721 nafari sog`aydi.
Ularning 424 nafari Toshkent shahrida, 142 nafari Toshkent viloyatida, 79 nafari Samarqand viloyatida, 25 nafari Namangan viloyatida, 15 nafari Surxondaryo viloyatida, 13 nafari Xorazm viloyatida, 8 nafari Qashqadaryo viloyatida, 5 nafari Jizzax viloyatida, 4 nafari Andijon viloyatida, yana 4 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida, 2 nafari Farg`ona viloyatida kasallikdan forig` bo`ldi, deb yozmoqda SSV matbuot kotibi.
Shunday qilib, yurtimizda 32 994 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog`ayish ko`rsatkichi 88 foizni tashkil qilmoqda.






