AsosiyJamiyat

TDIUda talabalar uchun Muhammad Aminxo`ja Muqimiy ko`krak nishoni tas`sis etildi

'TDIUda talabalar uchun Muhammad Aminxo`ja Muqimiy ko`krak nishoni tas`sis etildi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoevning Toshkent shahridagi Adiblar xiyoboniga tashrifi chog`ida majmuada haykali gavdalangan adiblar hayoti va ijodini, boy ma`naviy merosini OTMlarda keng o`rganish, jamoatchilikka, xalqimizga, kelgusi avlodga etkazish kabi vazifalar belgilangan edi. Bu haqda  Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi xabar bermoqda.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jamoasi tomonidan mana shu vazifalarni amalga oshirish maqsadida Muhammad Aminxo`ja Muqimiy ko`krak nishoni tas`sis etilib, dastlabki nusxalari tayyorlandi.

Ko`krak nishoni ta`sis etishdan maqsad Muhammad Aminxo`ja Muqimiy adabiy-ma`naviy merosini o`rganish va keng jamoatchilikka targ`ib qilish borasida universitet va boshqa oliy ta`lim muassasalarining iqtidorli faol, bilimli va Vatanparvar talabalarini moddiy-ma`naviy rag`batlantirishdan iborat.

Ko`krak nishoni kimlarga beriladi va  qanday imtiyozlari mavjud?

Ushbu ko`krak nishoni Muhammad Aminxo`ja Muqimiyning boy ma`naviy-adabiy merosini keng o`rgangan, ushbu bilim va ko`nikmalarni jamoatchilikka va kelgusi avlodga etkazish borasida “Eng yaxshi she`riy asar”, “Eng yaxshi badiiy asar”, “Eng yaxshi annimasion asar”, “Eng yaxshi ssenariy muallifi”, “Eng yaxshi interentdagi platmorma muallifi” kabi 10dan ortiq nominasiyalar g`oliblariga beriladi.  

G`olib talabaga maxsus guvohnoma va miqdori 1 000 000 so`mdan kam bo`lmagan 10 oylik stpendiya to`lab beriladi.

Muhammad Aminxo`ja Muqimiyning ko`krak nishoni va maxsus guvohnomasiga sazovor bo`lgan talaba Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining magistratura bosqichiga imtyozli ravishda o`qishga qabul qilinadi.  

Shuningdek, adbining  adabiy-ma`naviy merosini o`rganish va keng jamoatchilikka targ`ib qilishda o`zining munosib hissasini qo`shgan olimlar, shoiru yozuvchilar, muqimiyshunoslar, mutasaddilar ham ushbu ko`krak nishoni bilan taqdirlanishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar