Chempionlar Ligasining finalidan o`rin olgan “PSJ” – “Bavariya” uchrashuvi o`z yakuniga etdi, deya xabar qildi uff.uz.
Unda myunxenliklar minimal hisobdagi g`alabani qo`lga kiritdi.
Uchrashuvning 59-daqiqasida Kingsli Koman “Bavariya”ning yagona golini urdi va jamoasiga g`alaba keltirdi. "PSJ"da hisobni tenglashtirish imkoniyati bo`lsada, javob golini ura olishmadi.
Shu tariqa ko`pchilik kutganidek “Bavariya” EChL g`olibiga aylandi va trebl qayd etdi.
EChL, final
PSJ Fransiya – Bavariya Germaniya 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 59 Koman.
PSJ – Navas, Kimpembe, Kerer, Tiago Silva, Markinos, Errera (Draksler, 72), Paredes (Verratti, 65), Di Mariya (Shupo-Moting, 80), Bernat (Kurzava, 80), Mbappe, Neymar.
Bavariya – Noyer, Boateng (Zyule, 25), Alaba, Kimmix, Goretska, Devis, Alkantara (Tolisso, 86), Koman (Perishich, 68), Gnabri (Koutino, 68), Levandovski, Myuller.
Ogohlantirishlar: Devis (28), Paredes (52), Gnabri (52), Zyule (56), Neymar (81), Tiago Silva (83), Kurzava (85), Myuller (90).
24.08.2020 02:43
“Bavariya” — Evropa Chempionlar Ligasi g`olibi!






