Bosh vazir A.Aripov boshchiligida Xalq ta`limi tizimiga doir videoselektor o`tkazildi, deya xabar qoldirdi yig`ilishda qatnashganlarga asoslanib bloger o`qituvchi Isroiljon Tillaboev.
Ushbu videoselektorda quyidagi topshiriqlar berilgan:
* 7 sentyabrdan yashil hududlarda tajriba tariqasida maktablar ochiladi;
* 14 sentyabrdan barcha hududlardagi maktablar ochiladi;
Maktablar ochilgach, o`quvchilar "Sinf rejimi" tartibida o`qishadi. Ya`ni xonama-xona ko`chib yurmaydi.
Barcha hududiy viloyat hokimliklari tomonidan 10 sentyabrga qadar barcha maktablar antiseptik va boshqa kerakli vositalar bilan ta`minlanadi (ko`chma qo`l yuvish joylari ham tashkillanadi) (izoh, o`qituvchilardan pul yig`ilmaydi)
Barcha o`qituvchilar koronavirusga test topshiradi, keyinroq virusga qarshi vaksina qilinadi.
Barcha maktablarda izolyasiya xonalari tashkil qilinadi. Maktablarning birontasida burjuyka pechkalar qolmaydi.
Yotoqda qoladigan o`quvchilar (IDUMI) oziq ovqatlari albatta SES nazorati ostida bo`ladi.






