27 avgust kuni Akrom Malik ozodlikka chiqdi. Bu haqda Kun.uz’ga uning oila a`zolari xabar berishgan.
O`zbek jamoatchiligi Akrom Malikni navoiyshunos tadqiqotchi, shuningdek, yozuvchi va shoir sifatida taniydi. U 2016 yil iyul oyida MXX tomonidan qamoqqa olingan, keyinchalik sud tomonidan Jinoyat kodeksining 159-moddasi (“Konstitusion tuzumga tajovuz”) hamda 244-moddasi (“Jamoat xavfsizligiga tahdid”) bilan ayblanib, 6 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.
Uning Abdulloh Nusrat taxallusi ostida yozgan siyosiy-tanqidiy maqolalari jinoyat sifatida baholangan.
U O`zbekiston mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan bir guruh mahkumlar qatorida afv etilgan.






