AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Barno Abdusamatova ishtirokida brifing bo`lib o`tdi. Unda muhim savollarga javob qaytarildi.
Xususan, O`zbekistonda vaziyat karantin tufayli ancha barqarorlashdi. Endi karantin qoidalari yumshatilgandan so`ng, bog`cha, maktab, oliygohlar ish faoliyatini boshlagandan so`ng vaziyat yomonlashmaydimi, degan savolga javob qaytarildi.
— To`g`ri, iyun-iyul oylari juda qiyin kechdi. Odamlar virus xavfini jiddiy qabul qilishdi. Shu davrda tartib-intizomga qat`iy rioya kilishni boshladilar va bu bilan tibbiyot xodimlariga ancha yordam berdilar. Shuningdek, epidemiologik vaziyat bir muncha barqarorlashdi.
Ammo hozirda aholi o`rtasida yana bo`shashish kuzatilmoqda, ayniksa yoshlar o`rtasida. Ijtimoiy masofani saqlamay, niqoblarni noto`g`ri taqish holatlari kuzatilmokda.
Tajribalar shuni ko`rsatdiki, boshqa davlatlarda befarqlik holatlar kuzatilganda kasallik soni yana ortgan. Bizda ham shunday vaziyat ko`paysa, 1-2 oy ichida kasallar soni keskin ortadi, vaziyat yomonlashadi.
Shuning uchun barcha, shu jumladan ota-onalar, bolalar hamda o`qituvchilar ehtiyot choralariga qat`iy amal qilishlari zarur.
Vaziyatni nazorat kilish odamlarning o`z qo`llarida, deya tushuntirdi mutaxassis






