40 yoshdan so`ng farzand ko`rishni ba`zilar yoqlasa, ba`zilar qoralaydi. Bu yoshda farzandni dunyoga keltirgan mashhurlarga razm solar ekanmiz, ona bo`lish uchun vaqt hech qachon kech bo`lmasligiga amin bo`lamiz. Quyidagi aktrisalarning barchasi yoshi ulg`aygandan so`ng ham ona bo`lishini ixtiyor etgan.
Xolli Berri
Aktrisa ikkinchi farzandi Maseoni 47 yoshida dunyoga keltirgan. “Bu-hayotimdagi eng yoqimli syurpriz bo`lgan”,-degandi aktrisa.
Janna Friske
Marhum rossiyalik xonanda Janna Friske 40 yoshga to`lar-to`lmas ilk marta ona bo`lgandi. Homiladorlik paytida unga “Bosh miya saratoni” degan qo`rqinchli tashxis qo`yiladi. U tashxis tufayli xudodan tilab olgan farzandidan voz kechmadi va sog`lom bolani dunyoga keltirdi.
Juliya Roberts
40 yoshida aktrisaning uchinchi farzandi Genri tug`ilgan.
Emma Tompson
"Mening qattiqqo`l enagam" filmi orqali o`zbek kinomuxlislariga yaxshi tanish bo`lgan Gollivud yulduzi 40 yoshida qiz farzandli bo`lgan.
Meril Strip
Aktrisa to`rtinchi farzandini 41 yoshida dunyoga keltirgan.
Evelina Bledans
Rossiyalik aktrisa 43 yoshida ikkinchi bor ona bo`lgan. Afsuski uning o`g`li Semyon Daun sindromi bilan tug`ilgan. Aktrisa farzandi bilan shug`ullanishdan, uning rivojlanishini nazorat qilishdan charchamaydi. Semyon odatiy bog`chaga boradi va hozirda ko`plab yutuqlarga erishmoqda.
Syuzan Sarandon
Sbyuzan o`g`illari Jek Genri va Maylz Gatrini 42 va 45 yoshli payti dunyoga keltirgan.
Eva Mendes
Gollivud aktrisasi 40 yoshida birinchi marta ona bo`lgan.
Uma Turman
Taniqli kinoaktrisa uchinchi farzandini 42 yoshida dunyoga keltirgan.
Merayya Keri
Xonanda 41 yoshida egizaklarni dunyoga keltirgan.
Nikol Kidman
Aktrisa qizlari Sandey Rouzni 41 yoshida,Feyt Margaretni esa 43 yoshida dunyoga keltirgan.
Selin Dion
Selinning egizaklari Eddi va Nelsonn 42 yoshga to`lganida tug`ilgan
Madonna
Taniqli xonanda o`g`li Rokkoni 42 yoshga to`lishiga bir necha kun qolganda dunyoga keltirgan.
Monika Belluchchi
Italiyalik aktrisa qizi Leonini 46 yoshida dunyoga keltirgan.
Julianna Mur
Mazkur Gollivud aktrisasi ham 41 yoshdan so`ng farzand ko`rganlar safida. Uning qizi Liv tug`ilganida Julianna 41 yoshga to`lgan edi.
Salma Xayek
Aktrisaning qizi Valentina Paloma Pino tug`ilganida Salmaning yoshi 40 da edi.
Aytgancha, taniqli o`zbek aktrisasi Xosiyat Xusanova ham 47 yoshida ikkinchi farzandini dunyoga keltirdi