AsosiyJAMIYAT

Bo`stonliq tumaniga hokim va sektor rahbarlari tayinlandi

Toshkent viloyati Bo`stonliq tumaniga Ahmedov Jo`rabek Ilhomovich hokim etib tayinlandi. B...

'Bo`stonliq tumaniga hokim va sektor rahbarlari tayinlandi'ning rasmi

Toshkent viloyati Bo`stonliq tumaniga Ahmedov Jo`rabek Ilhomovich hokim etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

J.Ahmedov bunga qadar Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasining Investisiyalarni jalb qilish va turizm infrastrukturasini rivojlantirish departamenti boshlig`i bo`lib ishlab kelayotgan edi.

Saidov O`ktamjon Abdullaevich – Bo`stonliq tuman prokurori vazifasiga tayinlandi.

O`ktamjon Saidov 1973 yilda Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida tug`ilgan. Shu paytga qadar Surxondaryo viloyati prokurori, Sherobod tumani prokurori, Bosh prokuratura bo`lim boshlig`i lavozimlarida ishlagan.

Zokirov Zarifjon Numonovich – Bo`stonliq tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi.

Zarifjon Zokirov shu vaqtga qadar Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi Soliq ma`muriyatchiligi bilan ishlash bo`limi boshlig`i o`rinbosari, Davlat soliq qo`mitasi Jismoniy shaxslarga xizmat ko`rsatish boshqarmasi boshlig`i lavozimlarida ishlagan.

Shermuhamedov Sherzod Abdivalievich – Bo`stonliq tuman ichki ishlar bo`limi boshlig`i vazifasiga tayinlandi.

Sherzod Shermuhamedov 1977 yilda Toshkent viloyati Qibray tumanida tug`ilgan. Shu paytga qadar Chirchiq shahar IIB boshlig`i, Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig`ining birinchi mintaqaviy hudud bo`yicha vakili – markaz boshlig`i lavozimlarida ishlagan.

    Boshqa yangiliklar