Ayni kunlarda poytaxtimizda 2020-2021 yilgi kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarlik ishlari jadal olib borilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Chilonzor tumanining Al Xorazmiy MFY 11-uy erto`lasida suv to`planib qolishi muammosi ko`p kuzatilardi. Shuningdek, uy atrofidagi hududlarda ba`zi odamlarning tartibsizligi sabab chiqindilar to`plangan.
Bu masala mutasaddilar tomonidan o`rganilib, erto`ladagi muddatini o`tagan nosoz quvurlar yangilangan, hudud chiqindilar tozalanib, ochilgan maydonda bolalar maydonchasi, sport maydonchasi, dam olish joyi tashkil etilmoqda.
Noqonuniy qurilmalar bartaraf etilib, 11,12,13-uy oralig`idagi er ostidan o`tgan issiqlik ta`minoti quvurlari yangilandi va ichki yo`llar asfalt qilindi.
Shuningdek, Bunyodkor shoh ko`chasidagi 12 qavatli 14a-uyda liftlar yaroqsiz holga kelib qolgani, yong`in xavfsizligini ta`minlash uchun ajaratilgan chiqish eshigi berkitib qo`yilgani kabi bir qator muammolar bor edi.
Mutasaddilar tomonidan ko`rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida liftlarning nosoz eshiklari ta`mirlandi, ularga yoritgichlar o`rnatildi va yaroqlilik muddatini o`tgan 2 ta lift yangilash uchun dasturga kiritildi. Hozirda bu borada demontaj ishlari boshlangan.






