2020 yil 29 avgust soat 23:30 holatiga ko`ra, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi, deya xabar qiladi SSV matbuot xizmati.
Ularning biri Shayxontohur tumanida yashagan 79 yoshli M.X. (erkak), ikkinchisi, Uchtepa tumanida yashagan 64 yoshli A.Sh. (erkak).
Bugun soat 17:00 holatiga 2 nafar -- Yunusobod tumanida yashagan 79 yoshli J.K. (ayol) hamda Olmazor tumanida yashagan 57 yoshli M.A. (erkak) koronavirusga chalingan bemor vafot etgandi.
Soat 10:00 holatiga esa Mirobod tumanida yashagan 72 yoshli N.Sh. (ayol) hamda Olmazor tumanida yashagan 65 yoshli E.R. (erkak), jami 2 nafar koronavirus qurboni bo`lishgandi.
Shu tariqa ayni vaqtga qadar 6 nafar bemor -- bari Toshkent shahridan, vafot etdi.






