AsosiyJamiyat

Mustaqilligimizning bosh maqsadi har bir insonning izzat-hurmati va qadr-qimmatini joyiga qo`yishdir -- Prezident

'Mustaqilligimizning bosh maqsadi har bir insonning izzat-hurmati va qadr-qimmatini joyiga qo`yishdir -- Prezident'ning rasmi

-- Biz ana shu ezgu ishni davom ettirib, ijtimoiy adolat tamoyili asosida aholining yordamga muhtoj qatlamlarini qo`llab-quvvatlash, kambag`allikni kamaytirishni davlat siyosati darajasiga ko`tardik, -- dedi davlat rahbari Ko`ksaroy qarorgohida mustaqilligimizning 29 yilligi bayramiga bag`ishlangan tantanali tadbirda.

Jumladan, ijtimoiy nafaqa bilan ta`minlanadigan aholi soni qariyb 1,5 barobar oshirilgan.

 Yil yakuniga qadar ularning soni hozirgi 774 mingdan 1 million 200 ming nafarga etkaziladi. Ushbu toifani qo`llab-quvvatlash va iqtisodiyotimizni tiklash uchun davlat byudjetidan o`n ikki yarim trillion so`m mablag` ajratildi.

Keyingi paytda uyma-uy yurib o`rganish orqali aholini ijtimoiy himoya qilish, ehtiyojmand oilalarni aniqlashning o`ziga xos yangi tizimi shakllantirildi. Shu asosda, umumiy hisobda, moddiy yordam ko`rsatish uchun 417 milliard so`m mablag` ajratildi. Shuningdek, sentyabr oyida moddiy yordam va ko`makka muhtoj, boquvchisini yo`qotgan oilalarning farzandlarini va nogironligi bo`lgan bolalarni qishki kiyim-bosh to`plamlari, maktab formasi va o`quv qurollari bilan ta`minlash maqsadida 426 milliard so`mga yaqin moddiy yordam ko`rsatiladi.  

 

Prezident O`zbekiston tarixida ijtimoiy soha bo`yicha bunday keng ko`lamli ishlar ilgari hech qachon bo`lmaganligini aytdi.

 

 

    Boshqa yangiliklar