AsosiyJamiyat

Buxoroda bayramga atab bayroq rangiga bo`yalgan "Lasetti" jarima maydonchasiga joylashtirildi

'Buxoroda bayramga atab bayroq rangiga bo`yalgan "Lasetti" jarima maydonchasiga joylashtirildi'ning rasmi

Avtomashinasining tusini o`zgartirib, davlat ramzlaridan biriga o`xshatib bo`yagan shovvozning harakatlariga chek qo`yildi. Bu haqda IIV xabar berdi.

Aytilishicha, 1987 yilda Buxoro shahrida tug`ilgan T. F., 2020 yil 31 avgust kuni soat 10:40 larda Buxoro shahar B.Naqshband ko`chasi bo`ylab o`z boshqaruvida bo`lgan “Lasetti” rusumli 80 O 727 RA davlat raqam belgili transport vositasini O`zbekiston Respublikasi “Davlat bayrog`i”  tusida bo`yab o`zgartirib, haydab yurgan. Udan shaxsiga oid va boshqa tegishli hujjatlar so`ralganda hujjat taqdim qilmagan. Davlat ramziga nisbatan hurmatsizlik qilgani va hujjatsiz avtomobil boshqargani uchun bu haydovchi viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan to`xtatilgan. Avtomashinasi esa qonuniy chora ko`rish uchun tegishli tartibda jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar