Ushbu rasm 25 avgust kuni Andijonda bo`lib o`tgan repitision test paytida olingan. Bu haqda Kun.uzda mana bu xabar e`lon qilingan edi:
Bloger Xushnudbekning yozishicha, repetision test payti telefon olib kirish bemalol bo`lgan.
"Ertalabki test jarayonlaridan savollar kitoblarining ayrim suratlari ham tarqalmoqda. Bundan hayron qolganim yo`q, kutilgan holat edi. Chunki 100% telefonlarni ushlab qolishning iloji yo`q. Pandemiya sharoitidagi tekshiruvlarda bu yanada qiyinlashadi. Asosiysi ommaviy telefondan foydalanish o`yinchoq bo`lib ketmasa bo`ldi, yakkam-dukkam holatlar xavotirli emas.
Ammo shunday bo`lsa-da, bu rasmlar bo`yicha DTM tegishli tushuntirish berishi kerak. Shuningdek, joylarda nazorat ham yanada kuchaytirilishi lozim.
Hurmatli abiturientlar, mabodo kimdir telefon yoki boshqa qing`ir yo`llardan foydalanayotganini ko`rsangiz, darhol nazoratchilarga xabar bering. Adolatni ta`minlashda jamoatchilik nazorati ham juda muhim, o`z taqdiringizga befarq bo`lmang" deyiladi xabarda.






