Sog`liqni saqlash vazirligi xabar berishicha, 2020 yil 2 sentyabr soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 42 540 (+103) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 78 nafari Toshkent viloyatida, 23 nafari Toshkent shahrida hamda 2 nafari Farg`ona viloyatida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.






