1

Braziliya sudi Whats App`ni blokirovka qilishni talab qildi

Hi-tech 17.12.2015, 11:28
Braziliya sudi Whats App`ni blokirovka qilishni talab qildi

Braziliya sudi aloqa operatorlari butun mamlakat hududida WhatsApp ijtimoiy tarmog`ini 48 soatga blokirovka qilib qo`yishi yuzasidan qaror chiqardi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, WhatsApp messenjerini blokirovka qilish ishlari bugun tongda boshlangan. Aloqa kompaniyalari anchadan beri hukumatdan WhatsApp`ni vaqtincha blokirovka qilib qo`yishni talab qilgan edi. Ularning fikricha WhatsApp mobil aloqa sifatiga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda.  

Ommabop messenjerni blokirovka qilish ishlari jinoiy ish yuzasidan o`tkazilayotgan tekshirish ishlari doirasida amalga oshirilganligi ta`kidlanmoqda.

Bundan avval Singapur banki WhatsApp foydalanuvchilarini yangi turdagi virusdan ogohlantirgani haqida ma`lumot bergan edik.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1