1

Glypth quloqchin-kinoteatrlarining narxi e`lon qilindi

Hi-tech 17.12.2015, 11:41
Glypth quloqchin-kinoteatrlarining narxi e`lon qilindi

Avegant kompaniyasi yangi turdagi gadjeti Glypth quloqchinlariga o`rnatilgan “kinoteatr”ni ishlab chiqarishga tayyor ekanligini va uning taxminiy narxini e`lon qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Unga ko`ra kompaniya o`zining yangi mahsulotini 699 dollardan sotishni rejalashtirmoqda. Mazkur loyihani ustidagi ishlar 2014 yilning yanvaridan boshlangan edi.Glypth tashqi ko`rinishi bilan virtual reallik shlemini eslatadi. Ammo u o`z mohiyati bilan virtual reallik shlemidan ancha yiroq. Ya`ni undan foydalanayotgan kishi o`zini haqiqatdan ham kinoteatrda o`tirgandek his etadi. Mazkur effekt quloqchinga o`rnatilgan okulyarlar va baland ovoz yordamida hosil qilinadi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1