Qirg`izistonlik oqin Ali Tutkuchev o`z mamlakati mustaqilligi kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida prezidentga qarab korrupsiya haqida qo`shiq aytdi. Ushbu videolavha platforma.uz kanalida berildi.
Ushbu tantanalarda davlat rahbaridan tashqari boshqa katta-katta amaldorlar ham ishtirok etgan.
Baxshi o`z qo`shig`ida xalqining hurriyat yo`lidagi kurashlari, koronavirus pandemiyasi paytida bir tanu jonga aylanganini madh etdi. Virusga qarshi kurashda jonbozlik ko`rsatayotgan shifokorlar, tartib posbonlariga minnatdorchilik bildirib, katta rahmat aytgan.
Ammo «Endi xalqning dardini aytsam» deya o`z chiqishining katta qismini, ya`ni 7 daqiqasini xalqni o`marish, sud tizimi, saylovlar va bojxonadagi korrupsiyaga bag`ishlagan.
U, jumladan, quyidagi mazmunda kuylagan:
Xalqdan yashirincha o`g`irlayotgan «kattakonlar»ning ko`pchiligi,
Va cho`ntaklarini boshqalarga sezdirmasdan to`ldirayotgan «kattakonlar»ning ko`pchiligi
Ular buyuk bo`lmasa-da, ammo katta-katta o`g`irlashmoqda.
Bojxonalarda postlar ko`p, ularda tartib yo`q va pullarni chelaklab sidirib olishmoqda.
Saylov qutilarini o`zlashtirgan va ovozlarni o`g`irlaydigan navbatchi saylovchilar ko`p.
Savodsizlar soch tolasidan ko`p".
Oqin «keling 90 daqiqa kuylamayin» deya sudlar, bojxona va milisiya halol ishlashiga tilak bildirgan. Bemorlar otday bo`lib ketib, vrachlarga esa ish qolmay, telefonini titkilab o`tirsin, yoshlar halol bo`lib kamol topsin degan mazmunda zamonaviy dostonini yakunlagan.






