1

Ronalduni ari chaqdi. U endi Xorvatiyaga qarshi o`yinda qatnasholmaydi

Sport 05.09.2020, 18:46
Ronalduni ari chaqdi. U endi Xorvatiyaga qarshi o`yinda qatnasholmaydi

"Yuventus" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Millatlar Ligasi doirasidagi Xorvatiyaga qarshi o`yinda milliy terma jamoaga yordam bera olmaydi.

O`yinchi bir necha kundan beri mashg`ulotlarda qatnashmayapti, sababi uni ari chaqib olgan va shu sababli davolanmoqda.

"Men u bilan o`yinda doimo birga bo`lishga shubha qilyapman. U yaxshi mashg`ulotlar qildi, ammo kutilmaganda chorshanba kuni oyog`idagi barmog`i ari chaqqandek qizarib ketdi. Endi kutish kerak. Infeksiyadan davolanish qancha vaqt olishini bilmaymiz", - deydi Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush.

Portugaliya terma jamoasi bugun Xorvatiyaga qarshi, 8 sentyabrda esa Shvesiyaga qarshi bahs olib boradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1