AsosiyJamiyat

Akmal Burxonov: "Yuqori amaldorlardan ko`p qo`ng`iroqlar bo`ldi"

'Akmal Burxonov: "Yuqori amaldorlardan ko`p qo`ng`iroqlar bo`ldi"'ning rasmi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida oldin egallagan lavozimlarida uchragan korrupsiya holatlari, O`zbekistonda korrupsiyani qo`zg`atuvchi omillar, qonunchilikda qanday bo`shliqlar borligi va agentlik davlat byudjetini talon-taroj qilish holatlari bilan qanday kurashishi haqida so`zlab berdi.

 

Biz agentligimizga ishga qabul qilish uchun tanlov e`lon qilganimizda, bizga juda ko`p qo`ng`iroqlar bo`ldi, jumladan, yuqori amaldorlardan ham. Ular: «Buni ishga ol, u qobiliyatli, senga shunaqa odamlar kerak, ishonchli va bilgan odamlarni ishga olish kerak» deyishardi. Men «Agar u qobiliyatli bo`lsa, unda bizda jamoat komissiyasi bor, sinov jarayonlari mavjud. Men kimni ishga olish va olmaslik to`g`risida qaror qabul qila olmayman yoki buyura olmayman», deb javob berardim.

Ular shuni tushunishlari kerakki, aynan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi shaffof tuzilma bo`lishi kerak, biz xolisligimiz va adolatimizga shubha qilinishi uchun sabablar yoki ishoralar yaratishga haqqimiz yo`q. Ammo, afsuski, hatto mansabdor shaxslar, davlat organlari vakillari ham bu farqlarni to`liq anglamaydilar", —  Akmal Burxonov, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori.

 

    Boshqa yangiliklar