AsosiyJAMIYAT

"Lasetti" eshiklar orasiga yashirilgan 5600 dona dori fosh etildi

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo`l...

'"Lasetti" eshiklar orasiga yashirilgan 5600 dona dori fosh etildi'ning rasmi

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo`limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan hamkorlikda  sifati kafolatlanmagan va kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarining yashirin aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o`tkazdi.

Tezkor tadbir davomida fuqaro M.A. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashina to`xtatilib, o`rnatilgan tartibda ko`zdan kechirildi. Natijada xorijda ishlab chiqarilgan, sifati kafolatlanmagan, umumiy qiymati 168 million so`mlik 5600 dona “REGAPEN 300 gr” kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalari mashina eshigining qoplamalari orasiga yashirib qo`yilgani aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar