Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov joriy yilning 2-11 sentyabr kunlari Samarqand viloyatida bo`lib, Samarqand shahri, Qo`shrabot, Nurobod, Bulung`ur, Paxtachi, Urgut va Narpay tumanlaridagi 33 ta maktablarga borib, holatni o`rgangandi.
Jumladan vazir Nurobod tumanidagi maktablarga borgan chog`ida 13 va 28-umumiy o`rta ta`lim maktablarida ichimlik suvi bilan bog`liq muammolarga alohida e`tibor qaratgan, hokimlik vakillariga o`z takliflarini bildirgandi.
Samarqand viloyati xalq ta`limi boshqarmasi axborot xizmati ma`lum qilishicha, bugun Nurobod tuman hokimligi tomonidan ushbu maktablardagi ichimlik suvi muammosi hal etildi.
13-maktabning faollar va sport zallarining eskirib, sinib ketgan pollari ta`mirlandi.
Avvalgi holati:

Hozirgi holati:

Shuningdek, Bulung`ur tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktabining xojatxonasida ham ta`mirlash ishlari amalga oshirildi. Nosoz elektr jihozlari sozlanib, sinfxonalarga zamonaviy lampalar o`rnatildi.
14-maktabda ichimlik suvining isrof bo`lishi oldi olindi, karantin davrida o`quvchilarning maktabga kirish-chiqish sxemalari shakllantirildi.






