Rossiya rubl va so`mning to`g`ridan-to`g`ri savdosini yo`lga qo`yishni taklif qildi

Iqtisodiyot 17.09.2020, 13:11
Rossiya rubl va so`mning to`g`ridan-to`g`ri savdosini yo`lga qo`yishni taklif qildi

Rossiya rubl va so`mning to`g`ridan-to`g`ri savdosini yo`lga qo`yishni taklif qildi.

Bu haqda Rossiya Eksport markazi direktori Veronika Nikishina taklif kiritgan. U O`zbekiston va Rossiya valyuta birjalarida rubl va so`mning to`g`ridan-to`g`ri savdosi yo`lga qo`yishni taklif qildi. Bu haqda Sputnik manbasi xabar berdi.

— Biz Toshkent valyuta birjasida rubl-so`mi juftligi savdosini boshlashni taklif qilamiz. Roseksimbank savdo ishtirokchilari uchun hisob-kitob banki sifatida ishtirok etishga tayyor. Keyinroq xuddi shunday savdolar Moskva valyuta birjasida boshlanadi — dedi Nikishina.

Nikishina aytishiga qaraganda valyuta operasiyalari hamda kredit mablag`larining oddiy va hammabopligi kompaniyalarni milliy valyutalarda savdo qilishga stimul yaratadi.

Bugun allaqachon O`zbekiston va Rossiya orasida bir necha milliard dollarning loyihalar amalga oshirilmoqda. Rossiya banklaridan Roseksimbank birinchilardan bo`lib O`zbekiston Milliy bankida o`zbek so`mida korrespondent hisob raqami ochgan. Ushbu hisob raqamidan allaqachon birinchi bitimlar va rubl-so`m valyuta konvertasiyasi amalga oshirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1