1

Davlat organlari va tashkilotlaridagi yuridik xizmat ko`rsatish markazlari afzalliklari haqida ma`lumot berildi

Jamiyat 18.09.2020, 13:56
Davlat organlari va tashkilotlaridagi yuridik xizmat ko`rsatish markazlari afzalliklari haqida ma`lumot berildi

 AOKAda bo`lib o`tgan  brifingda Adliya vazirligi boshqarma boshlig`i Furqat Tojiev tomonidan davlat tashkilotlarida yuridik xizmatlar ko`rsatish markazlarini tashkil etishning afzalliklari to`g`risida ma`lumot  berildi

Brifingdan ma`lumotlar:

🔹Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko`rsatish markazlari Namangan shahri, Qarshi va Marhamat tumanlarida eksperiment tariqasida tashkil etildi;

🔹Yuridik xizmat ko`rsatish markazlari tashkil qilish orqali respublikada qariyb 40 mlrd. so`mdan ortiq byudjet mablag`lari iqtisod qilinadi;

🔹Yuridik xizmatlar ko`rsatish markazlari davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga bo`ysunmaydi, ular to`la mustaqil faoliyat olib boradi;

Natijada davlat organlari va tashkilotlarida qonuniylik va qonun ustuvorligini ta`minlash sifat jihatdan yangi bosqichga ko`tariladi;

❗️Yuridik xizmatlar tashkilotlarda birgina mehnat qonunchiligiga rioya etilishini ta`minlay olmaganliklari sababli, 2018-2019 yillarda sudlar tomonidan noqonuniy ishdan bo`shatilgan 1082 ta fuqaro ishga tiklangan, 1572 nafar shaxsga ish haqi undirib berilgan. Buning oqibatida, birgina davlat boji uchun o`rta hisobda 800 mln so`mdan ortiq byudjet mablag`lari sarflangan.

Yuridik xizmat ko`rsatish markazlari tashkil etish orqali ular faoliyatiga taalluqli bo`lmagan funksiya va vazifalar olib tashlanadi va markaz xodimlariga yuklangan vazifalar samarali bajarishi ta`minlanadi;

🔹Yuridik xizmat ko`rsatish markazlari adliya bo`limlari huzurida tashkil qilinayotganligi sababli, tuman darajasidagi yuridik xizmatlar faoliyatini o`rganish, tekshirish zarurati qolmaydi. Bevosita nazorat vujudga keladi;

🔹Markazlar faoliyati zamonaviy IT texnologiyalari bilan to`liq ta`minlanadi hamda davlat organlari va tashkilotlari bilan o`zaro hujjat almashinuvi yagona elektron tizim orqali amalga oshiriladi.

Yuridik xizmatlar ko`rsatish markazlar keyinchalik eksperiment natijalari umumlashtirib, muammolar bartaraf etilganidan so`ng butun respublikadagi tuman (shaharlar)da joriy qilinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1