1

Jamoaviy immunitet hosil qilish yo`li bilan koronovirusga qarshi kurashish mumkinmi?

Jamiyat 18.09.2020, 14:09
Jamoaviy immunitet hosil qilish yo`li bilan koronovirusga qarshi kurashish mumkinmi?

Jamoaviy immunitet hosil qilish yo`li bilan aholi orasida keng tarqalayotgan Covid-19 infeksiyasiga qarshi kurashish mumkinmi?  

Bu savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Barno Abdusamatova javob berdi.  

–Jamoaviy immunitet hosil qilish yo`li bilan koronovirusga qarshi kurashish usuli juda xavfli, chunki koronovirusga nisbatan ommaviy immunitеt shakllanishi uchun aholining 60 foizdan 80 foizigacha qismi kasallanib sog`ayishi kerak.  

Ko`plab odamlar, ayniqsa xavf guruhiga kiruvchi, surunkali kasalliklari bor, katta yoshlilar, homiladorlar va bolalarni xavf ostiga qo`yishimiz mumkin.  

Ko`p odamlarning kasallanishi, davolanishi va immunitet hosil qilishi uchun bir necha yillar kerak bo`ladi.  

Shuningdek, epidemiyani oldini olmasak, infeksiya tarqalishi rivojlanib ketadi. Kasallanish holatlari ortib ketishi natijasida klinikalar bemorlarga to`lib, sohaga bosim ortadi, o`lim ko`payadi.  

Shuning uchun O`zbekiston hech qachon bu usulni tanlamaydi. Aksincha pandemiyani nazoratda ushlab turib uzoq vakt davomida kamrok odam kasal bo`lishiga erishishimiz mumkin.  

Yurtimizda har bir inson salomatligi birinchi o`rinda turadi. Vaqt o`tishi bilan har bir inson hayoti davomida bu infeksiya bilan to`qnashishi mumkin.  Lekin bu davrda kornovirusning kasallik chaqirish qobiliyati kamaygan bo`lsa uni ancha engil kechiradi.  Shu davr ichida esa vaksina masalasi ham hal bo`lishi mumkin.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1