Karantin choralari yana kuchaytirilishi haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritildi

Jamiyat 18.09.2020, 16:51
Karantin choralari yana kuchaytirilishi haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritildi

Aholi orasida 15 oktyabrdan karantin tadbirlari qaytadan kuchaytiriishi to`g`risida savollar aylanib yuribdi. Bu nechog`lik to`g`ri ma`lumot?

 Ushbu savolga AOKAda o`tkazilgan birfingda ishtirok etgan Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Nurmat Otabekov quyidagicha javob berdi:

Birinchidan, karantin choralarini takroran kuchaytirilishiga asos bo`ladigan sababning o`zi yo`q;

➖koronavirus infeksiyasi bilan kurashishi uchun respublika sog`liqni saqlash tizimi etarli darajada  dori vositalari, test sistemalar,  shifo o`rinlari, IVL (sun`iy nafas olish apprati), kislorod konsentratorlari va  tibbiy maxsus kiyimlarning etarli zaxirasi tashkil etilgan;

➖COVID-19 bilan kurashishda   davlatimiz tibbiyot xodimlari xorijiy xamkasblari bilan muntazam aloqa o`rnatdi va  ilg`or xalqaro tajribalarni respublikamiz tibbiyot amaliyotiga tadbiq etish imkoniyati yaratildi.

Ikkinchidan, fuqarolarning  o`zini va yaqinlarini sog`ligini saqlash uchun karantin qoidalariga  qat`iy rioya qilishni davom ettirishimiz kerak;

➖Respublikada karantin bekor qilingani yo`q, yumshatildi xolos. Bu davrda yo`l qo`yilgan mas`uliyatsizlik, ushbu kasallikga chalinish ehtimolini oshiribgina qolmasdan, ba`zi yondosh kasalligi bor odamlarda og`ir kechishi, hatto o`limga ham olib kelishi mumkinligini  unutmaslik;

➖odamlar gavjum bo`ladigan joylarda (istirohat bog`lari, dam olish maskanlari, mahalla,  ko`chalar, savdo, transport va h.k) aholi tomonidan shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish qoidalarini buzilishi holatlariga barham berish bo`yicha kengaytirilgan tushuntirish va nazorat tadbirlarini davom ettirish, belgilangan talablarni buzgan shaxslarga murosasiz bo`lish;

➖fuqarolarga o`zlari, yaqinlari va atrofdagilarning sog`lig`i uchun mas`ul ekanliklarini doimo eslatib turish, ularni tartibga chaqirish, shuningdek, turli surunkali kasalliklarga chalingan va koronavirusni og`ir o`tkazishi mumkin bo`lgan aholi qatlamini himoya qilishga qaratilgan tadbirlarni bajarishda aholini vijdonan yondoshishga chaqirish, dedi Nurmat Otabekov.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1