AsosiyShou-biznes

Yulduz Usmonova yangi albomi taqdimot marosimini o`tkazdi

22 dekabr kuni Toshkent shahridagi “Navro`z” restoranida O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning “Men sen bilan qirolichaman” deb nomlangan yangi albomi taqdimoti bo`lib o`tdi, deb xabar beradi “Protoday” nashri.

Nashrning xabar berishicha, yangi albomdan asosan yangi qo`shiqlar o`rin olgan.  "Yoring bo`lay”, "O`sha-o`sha”, "Dubay”, "Ey, yor”, "Yo Mansur”, "Bormikan”, "Men bobomni sog`indim”, "O`shal yor”, "Giriftor”, "Musofir”, "Bir on”, "Siz menga kerak”, "Ko`zimda yosh”, "Samarqand” kabi qo`shiqlar shular jumlasidandir.

Har yilga an`anaga ko`ra, Yulduz Usmonova qizi Nilufar Usmonova bilan yangi duet "Qirolichaman” taronasini kuyladi. Bundan tashqari, albom taqdimotida retro qo`shiqlar – "Burgutlar”, "Tik tak” taronalari ham ijro etildi.
Bu yilgi yangi albom taqdimoti Yulduz Usmonova ijodining o`ttiz yillik yubileyi va ijodi davomida taqdim etgan albomining 60 sanasiga ham ulanib ketdi. Ushbu munosabat bilan xonandaga Turkiya san`ati vakillari tomonidan maxsus tabriknoma videoroligi taqdim etildi. "Men sen bilan qirolichaman” albom taqdimotiga ko`plab san`at sohasi vakillari, OAV xodimlari va primadonnaning chinakam muxlislari tashrif buyurdi.  

 

    Boshqa yangiliklar