1

Shohjahon Ergashevning ertaga Sankt-Peterburgda bo`ladigan jangi bekor qilindi

Sport 20.09.2020, 21:49
Shohjahon Ergashevning ertaga Sankt-Peterburgda bo`ladigan jangi bekor qilindi

Professional bokschimiz Shohjahon Ergashevning ertaga, 21 sentyabr kuni o`tkazishi kutilgan jangi oktyabr oyiga qoldirildi.

Ergashev prof ringdagi 19-jangida belaruslik Dmitriy Miliushaga qarshi ringga ko`tarilishi kerak edi. Shohjahonning Sankt-Peterburgdagi ushbu jangi "Koroli nokautov" nomli professional boks kechasining markaziy to`qnashuvi bo`lishi lozim edi. 

Afsuski, charm qo`lqop ustamizning jangi bekor qilindi va oktyabr oyiga ko`chirildi. Bu haqida Shohjahon Ergashevning o`zi xabar berdi.

"Ha, afsuski shunday bo`lib qoldi. Asosiy muammo "Match TV" telekanali bilan kelisha olmaganimiz bo`ldi. Ular faqat mening ishtirokimdagi jangni translyasiya qilishlarini aytishdi. Bu turnirda mening boks zalimdagi bolalar ham ringga chiqishadi. Menga ularning janglari translyasiyasi ham muhim. Endi bu jangim oktyabr oyida o`tkaziladi. Raqib o`zgarmaydi", - dedi Ergashev. 

Ma`lumot uchun, Shohjahon Ergashev shu kungacha professional ringda 18 ta jang o`tkazib, ularning barchasida g`alaba qozongan (16ta nokaut). Miliusha esa 13 marotaba jang qilgan va ularning 9tasida g`olib bo`lgan (4ta nokaut). 3 marotaba mag`lubiyatga uchragan (2ta nokaut) va 1 ta durang qayd etgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1