1

FVV xodimlaridan bir guruhi “Mehr-saxovat” ko`krak nishoni bilan taqdirlandi

Jamiyat 22.09.2020, 15:30
FVV xodimlaridan bir guruhi “Mehr-saxovat” ko`krak nishoni bilan taqdirlandi

Bugungi kunda xalqimiz koronavirus pandemiyasi sabab og`ir sinovlarga duch kelmoqda. 

Ushbu ofatning mamlakat hayotiga salbiy ta`sirini yumshatish, fuqarolar salomatligini asrash, ularni ijtimoiy himoya qilish bo`yicha davlatimiz o`z vaqtida zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. 

Mana shunday murakkab va tahlikali vaziyatda mard va jasur, olijanob xalqimiz yanada jipslashib, o`zaro yordam, mehr-oqibat, hamjihatlik va ahillik kabi yuksak insoniy fazilatlar sohibi ekanini yana bir bor amalda namoyon etmoqda.

Ularni munosib taqdirlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 avgustdagi “Mehr-saxovat” ko`krak nishoni bilan mukofotlash to`g`risida”gi farmoni bilan sog`liqni saqlash sohasining jonkuyar vakillari, saxovatli tadbirkorlar, davlat va jamoat tashkilotlarining fidoyi xodimlari hamda boshqa tashabbuskor va faol fuqarolar “Mehr-saxovat” ko`krak nishoni bilan mukofotlanishi belgilangan edi.

Mamlakatimizda pandemiya hamda tabiiy ofat, texnogen favqulodda vaziyatlarga qarshi kurashish, ularning oldini olish, oqibatlarini bartaraf etish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo`llab-quvvatlash, bu boradagi ishlarni umumxalq harakati darajasiga ko`tarishga katta hissa qo`shgan, jamiyatimizda tinchlik-osoyishtalik, do`stlik va totuvlik muhitini mustahkamlashda faol ishtirok etayotgan vazirlik va idoralarning xodimlari “Mehr-saxovat” ko`krak nishoni bilan taqdirlanmoqda.

Mana shunday ezgu ishlar Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida ham keng ko`lamda tashkil etildi. Vazirlikning hududiy va tarkibiy tuzilmalarida xizmat qilayotgan jonkuyar va sadoqatli xodimlari yuksak mukofotga sazovor bo`ldi. 

Respublika bo`ylab tashkil etilgan tantanali tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati tomonidan bir qator xodimlarga “Mehr-saxovat” ko`krak nishonlari topshirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1