O`zbekiston Tojikistonga mahsulotlar eksporti hajmini oshirdi

Iqtisodiyot 22.09.2020, 15:42
O`zbekiston Tojikistonga mahsulotlar eksporti hajmini oshirdi

Joriy yilning 1 sentyabr holatiga O`zbekiston bilan Tojikiston o`rtasidagi savdo aylanmasi 317,0 mln. AQSh dollarini tashkil etgan. Bunda eksport ulushi 255,1 mln. AQSh dollari va import hajmi 61,9 mln. AQSh dollariga teng.

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, sakkiz oy mobaynida Tojikistonga amalga oshirilgan eksport hajmi o`tgan yilning mos davriga solishtirilganda 65,1 mln. AQSh dollariga ko`p.

 Ma`lumot shrnida, eksport tarkibida xizmatlar (72,1 mln.), kimyoviy vositalar va ulardan olinadigan mahsulotlar (42,9 mln.), oziq-ovqat mahsulotlari (38,9 mln.), energiya va neft mahsulotlari (28,8 mln.), qora metallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar (20,4 mln.) va boshqa mahsulotlar 52 mln. AQSh dollarini tashkil etgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1