Bugun 22 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi huzuridagi Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligida “Darakchi” gazetasi bilan hamkorlik memorandumini imzolashga bag`ishlangan tadbir bo`lib o`tdi.
O`zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi huzuridagiIste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi 2019 yil 11 sentyabrda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste`molchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy va institusional tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoniga asosan tashkil etilgan bo`lib, ayni paytda bir yilligini nishonlamoqda. U iste`molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini yurgizuvchi hamda davlat organlari, tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Agentlikda Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish, qurilish va transport, Savdo, umumiy ovqatlanish va turizm, Ijtimoiy va moliyaviy xizmatlar, shuningdek, aloqa xizmatlari sohasida iste`molchilar huquqlarini himoya qilish, Reklama faoliyatini tartibga solish, Tahlil va strategik dasturlarni ishlab chiqish boshqarmalari mavjud. Shuningdek, Davlat va nodavlat tashkilotlari bilan ishlash va xalqaro hamkorlik, Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar, IT-texnologiyalar, innovasiyalar va Smart consumer tizimini joriy qilish bo`yicha uchta bo`lim faoliyat yuritmoqda.
Agentlikning consumer.uz veb-sayti va 1159 ishonch telefoni orqali ijtimoiy sahifasi tashkil qilinib, interaktiv xizmatlar va onlayn savol-javob yo`lga qo`yilgan.
Agentlik tomonidan o`tgan bir yilda 12 mingdan ortiqiste`molchi murojaatlari ko`rib chiqildi. 1,7million iste`molchilarning huquqi buzilishi natijasida 23 milliard 500 million so`m ortiqcha mablag` hisoblangani aniqlanganib, ulardan 5 mlrd. so`mga yaqini iste`molchilarga qaytarilishi ta`minlandi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kommunal, reklama, savdo, aloqa va boshqa sohalar bo`yicha tushgan 1362 ta ariza 90% ijobiy hal etilishiga erishildi.
Agentlik bugungi kunda ko`plab matbuot nashrlari bilan hamkorlikda faoliyat olib bormoqda. Bu hamkorlikdan maqsad asosan aholining iste`molchilik bilimi va savodxonligini oshirish, fuqarolar murojaatlari asosida ularning huquqlari ta`minlanishiga hissa qo`shishga qaratilgan.