1

Koronavirus vaksinasi qachon tayyor bo`ladi?

Jamiyat 23.09.2020, 00:29
Teglar: koronavirus
Koronavirus vaksinasi qachon tayyor bo`ladi?

Koronavirus hamon jiddiy xavf bo`lib turibdi, ammo u keltirib chiqaradigan kasallik – COVID-19 dan bizni himoya qila olishi tasdiqlangan vaksina yo`q.

Shunday bo`lsada, 40 tacha vaksina klinik sinovlardan o`tmoqda, jumladan, ulardan biri Oksford universiteti tomonidan tayyorlanayotgan vaksina sinovning eng oxirgi bosqichlariga etib kelgan.

Koronavirus vaksinasi nima uchun muhim?

Virus juda oson tarqaydi, dunyo aholisining katta qismi esa undan himoyalanmagan. Vaksina inson immun tizimini virusga qarshi kurashishga «o`rgatish» orqali himoyani ta`minlaydi.

Bu esa karantinlarni bexavotir bekor qilish, ijtimoiy masofa saqlashni ham yumshatishga imkon beradi.

Bu borada qanday ilgarilash bo`ldi?

Tadqiqotlar boshni aylantiradigan qadar yuqori sur`atda ketmoqda. 240 tacha vaksina ilk rivojlanish bosqichida, 40 tasi klinik sinovlardan o`tmoqda, to`qqiztasi minglab odamlarda o`tkazilayotgan so`nggi sinov pallasida turibdi.

Sinovlari Oksford vaksinasi immunitetni uyg`ota olishini ko`rsatdi. «AstraZeneca» Britaniya farmasevtika kompaniyasi bilan ayni shu vaksinani Britaniyaning o`zi uchun 100 million doza etkazib berish bo`yicha shartnoma imzolandi.

Insonda o`tkazilgan ilk sinov xulosalari may oyida olingan bo`lib, AQShdagi tadqiqotda birinchi sakkiz odamda virusni neytrallashtiradigan antitanachalar paydo bo`lgani tasdiqlandi.

Xitoydagi yana bir guruh o`zlari ishlab chiqqan vaksina xavfsizligi va himoyalovchi anitanachalar paydo qilganini ko`rsatdi. Bu vaksina Xitoy harbiylari uchun tayyorlanmoqda.

Vaksinani tayyorlash va sinash bo`yicha boshqa mutlaqo yangi yondashuvlar shakllandi. Shunday bo`lsa ham, bu vaksinalar qanchalik samarador bo`lishini hech kim bilmaydi.

Vaksinaga qachon ega bo`lamiz?

Vaksina topish odatda yillab vaqt oladi, agar o`n yillarga cho`zilmasa. Tadqiqotchilar ayni shuncha miqdordagi ishni bir necha oy davomida bajarishga umid qilishmoqda.

Aksar ekspertlar 2021 yilning o`rtalarigacha vaksina barcha uchun etarli bo`lishi mumkin deb taxmin qilmoqda – Sars-CoV-2 nomi bilan tanilgan virus ilk marta namoyon bo`lganidan 12-18 oy o`tib.

Bu albatta juda ulkan ilmiy mahorat bo`lur edi, ammo uning ishlashiga kafolat yo`q.

Biroq olimlar anchagina nekbin kayfiyatda, agar sinovlar muvaffaqiyatli o`tsa, yil oxirigacha oz miqdordagi odamlar, masalan, sog`liqni saqlash xodimlarini emlashga ulgurish mumkin.

Ta`kidlash joizki, koronaviruslarning to`rt turi allaqachon insonlar orasida tarqalgan. Ular shamollash simptomlarini namoyon qiladi va bizda ularning birortasiga qarshi vaksina mavjud emas.

Yana qilinishi lozim qanday ishlar qoldi?

Ko`plab tadqiqot guruhlari ehtimoliy vaksinalarni tayyorlamoqda. Ammo qilinadigan ish xali ko`p.

Sinovlar vaksinaning xavfsizligini ko`rsatishi kerak. Agar ular kasallikning o`zidan ko`ra og`irroq oqibatlarga sabab bo`lsa, ulardan naf bo`lmasligi, tabiiy.

Klinik sinovlar vaksinaning insonni kasallikdan himoyalovchi immun tizimini uyg`ota olishini ham tasdiqlashi kerak.

Vaksinani ulkan miqyosda – milliardlab dozada ishlab chiqarish yo`lini topish kerak.

Davlatlarning farmasevtika bo`yicha regulyatorlari ularni insonlarga qo`llashni ma`qullab ruxsat berishi kerak.

Nihoyat, dunyo aholisini emlash uchun juda murakkab logistik chigalliklarni echishga to`g`ri keladi.

Karantinlarning muvaffaqiyati jarayonni sekinlashtirib bergani bo`ldi. Vaksinaning amalda ishlayotganini bilish uchun odamlarga kasallikni yuqtirish kerak.

Odamlarni emlab, so`ng ularga atay kasallik yuqtirish savollarga javob olishni tezlashtiradi. Xavotirli joyi shuki, bu juda xavfli va bu bosqichda shunday yo`l tutish axloqiy jihatdan ham to`g`ri bo`lmasligi mumkin. Albatta, ayrimlar bu variantni istisno qilmaydi.

Qancha odam emlanishi kerak?

Vaksina qanchalik samarali bo`lishini bilmay turib, buni bilish qiyin.

Virus osongina aholi orasida tarqalmasli uchun 60-70% odamda kasallikka immunitet shakllanishi kerak (jamoaviy immunitet deyiladi).

Vaksina mukammal ishlashi uchun esa dunyo bo`ylab milliardlab odamda immunitet paydo qilishi kerak.

Vaksina qanday yaratiladi?

Vaksina bezarar shaklda virus yoki bakteriyani (yoki ularning bir parchasini) immun tizimiga ko`rsatadi. Tananing mudofaasi ularni bosqinchi sifatida tanib oladi va ularga qarshi kurashishni o`rganadi.

So`ng tana haqiqiy xavfga duch kelganda nima qilish kerakligini biladi.

O`n yillar davomida emlashda haqiqiy virusdan foydalanish asosiy usul bo`lgan.

Qizamiq, parotit va qizilchaga qarshi vaksina kuchli zarar bera olmaydigan zaiflashtirilgan virusdan tayyorlangan. Mavsumiy grippga qarshi vaksinada uning asosiy shtammi olinib, zararsizlantiriladi.

Ayrim olimlar, xossatan, xitoylik olimlar ana shu yondashuvga tayanadi.

Yana koronavirus vaksinasini tayyorlashda yangicha, ammo sinalmagan usullardan ham foydalanilmoqda. Ya`ni biz Sars-CoV-2ning genetik kodini to`liq bilamiz, uning yasash uchun to`liq andaza mavjud.

Oksford tadqiqotchilari uning genetik kodining bir qismini shimpanzega yuqtirilgan zararsiz virusga kiritdi. Ular immunitetni qo`zg`atish uchun koronavirusga o`xshash, ammo zararsiz bo`lgan virusni yaratdilar.

Boshqa guruhlar esa xom genetik kod (DNK yoki RNK bo`lishi mumkin) parchalaridan foydalanmoqda. Ular tanaga kiritilgach, virus proteinlarini ishlab chiqarishni boshlashi kerak. Bu esa immunitetni qo`zg`atadi. Ammo bu yondashuv ham mutlaqo yangicha.

Vaksina barcha yoshdagi odamlarni himoya qiladimi?

U muqarrar ravishda keksalarda muvaffaqiyatsizroq bo`lishi mumkin, chunki keksalar immun tizimining emlashga javob reaksiyasi yaxshi bo`lmaydi. Buni mavsumiy gripp vaksinasida ham ko`rishimiz mumkin.

Ammo buni vaksina dozasini oshirish yoki vaksinaga qo`shib immunitetni kuchaytiradigan modda (adyuvant deyiladi) berish orqali hal qilish mumkin.

Vaksinani kim oladi?

Vaksina topilgach, avvaliga cheklangan ta`minot bo`ladi, shuning uchun kimlarni birinchi emlashni belgilash muhim.

COVID-19 bemorlari bilan kontakt qiluvchi tibbiyot xodimlari ro`yxatning boshida bo`ladi. Bu kasallik keksalar uchun ayniqsa xavfli bo`lgani uchun – agar vaksina bu yosh guruhida samarador bo`lsa – ular ham old qatorda turadi.

Britaniya xavf guruhiga kiruvchi boshqa guruhlar – surunkali kasali borlar va ayrim etnik guruhlar ham birinchi emlanishini bildirgan.

 
  

Sharhlar

Koronavirusga qarshi vaksinalarning buster dozasi insult xavfini keltirib chiqarmaydi — JSST 

23.01.2023, 11:20

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining immunizasiya va vaksinasiya masalalari bo`yicha direktori Keyt O’Brayen koronavirusga qarshi emlash vositalari samaradorligi va xavfsizligi haqida bayonot berdi. Bu haqda SSV...
⚡️Xitoyda bir kunda 37 millionga yaqin odam COVID-19 bilan kasallandi

23.12.2022, 20:25

20 dekabr kuni bir kunda Xitoyda 37 million kishi koronavirus bilan kasallandi. Bu haqda Bloomberg agentligi Xitoy sog`liqni saqlash milliy komissiyasining yopiq yig`ilishiga tayanib xabar...
Shifokorlar yangi to`lqindagi koronavirusning avvalgilari bilan farqlari haqida ma`lum qildi

06.09.2022, 09:07

Yangi to`lqindagi koronavirus belgilari SARSga o`xshaydi va pnevmoniya va bronxit kamroq tarqalgan, deydi shifokorlar. Bu haqda "stopkoronavirus.rf" saytida xabar qilindi. Yangi to`lqinda COVID-19 ning oldini olish...
19 iyul kuni O`zbekistonda yana 70 kishida koronavirus aniqlandi — SSV

20.07.2022, 10:34

Kecha, 19 iyul kuni O`zbekistonda yana 70 nafardan ziyod kishida koronavirus aniqlandi, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati. Shu bilan, 2022 yil 19 iyul holatiga ko`ra,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1