1

1-kurs talabalari uchun darslar qachon va qay tartibda boshlanishi ma`lum qilindi

Jamiyat 29.09.2020, 20:26
1-kurs talabalari uchun darslar qachon va qay tartibda boshlanishi ma`lum qilindi

Bakalavriatga yangi qabul qilingan 1-kurs talabalari uchun darslar 12 oktyabr, dushanba kunidan boshlanadi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi bosh boshqarmasi boshlig`i Abduvali Xoliqov ma`lum qildi.

"Birinchi kurs o`quvchilari uchun ham o`quv yili masofaviy tarzda boshlanadi. Farqli tomoni – rejamizga ko`ra, birinchi kursga tavsiya etilgan talabalarning hujjatlari to`liq rasmiylashtirilib bo`linganidan keyin, 12 oktyabrdan boshlab, OTMlarda 3 kundan 2 haftagacha tanishuv darslari tashkil qilinadi.

Bu tanishuv darslari karantin qoidalariga to`la amal qilib, auditoriyaga 50 foizdan oshmagan talabalarni kiritgan holda tashkil etiladi", – dedi vazirlik vakili.

Ma`lum qilinishicha, talabalar turar-joylariga talabalar joyalashtirilmaydi. Uzoq hududlardan Toshkentdagi OTMlarga o`qishga kirgan talabalar uchun o`sha hududdagi OTMning moddiy texnik-bazasidan foydalangan holda hududdagi yoshlarni yig`ib, tanishuv darslari tashkil etiladi.

Toshkent shahridagi OTMlar professor-o`qituvchilari uzoq hududlarga borib, tanishuv darslarini tashkil qiladi. Tanishuv darslari kuniga 2 paradan ortiq bo`lmagan holda, paralar orasida 10 daqiqalik tanaffus bo`lib, talabalar auditoriyani o`zgartirmaydi.

"Bu darslarda yangi qabul qilingan talaba oliy ta`lim muassasasi va undagi o`qituvchilar va dars jadvallari bilan tanishtiririladi. Bu erda 1-kursga qabul qilingan talabalarning masofaviy ta`lim olish ko`nikmasini shakllantiramiz", – dedi Abduvali Xoliqov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1