Bugun Toshkentning «Paxtakor» jamoasi Osiyo chempionlar ligasida yarim final yo`llanmasi uchun bahs olib boradi.
Sherlar chorak finalda Osiyoda o`z o`rniga ega bo`lgan, raqiblari o`ylab muomala qiladigan «Persapolis»ga qarshi to`p surishadi. Tehronliklar 13 marta Eron chempionati, 6 bor Eron Kubogi hamda 3 bor Eron Superkubogini qo`lga kiritgan. Yakuniga etgan mavsumda chempionlikka erishgan jamoa hisoblanadi.
«Paxtakor» «Persapolis» bilan OChLda 3 marta to`qnash kelgan, 2 g`alaba va bir durangni qayd etgan. Allbata bu bosqichga kuchsiz jamoalar etib kelmagan «Paxtakor» ham o`z o`rniga ega bo`lgan jamoa hisoblanadi.
Shu o`rinda ta`kidlab o`tish lozim jamoamiz yarim final yo`llanmasini qo`lga kiritadigan bo`lsa, Saudiya Arabistoni klublaridan biriga to`qnash keladi. Bular «Al-Ahli» yoki «An-Nasr» bo`lishi mumkin. Albatta ketma-ket o`yin o`tkazish futbolchilarda jismoniy jihatdan toliqishga olib keladi, ammo g`alaba nashidasini surgan har bir jamoa charchoqlarni unutishi tabiiy.
Bugun soat 22:45da start oladigan «Persapolis» – «Paxtakor» bahsida sevimli jamoamizga omad yor bo`lishini tilab qolamiz!