1

Bo`stonliq tajribasi: Endi “dacha”larga bormasdan narxlarni ko`rish va ularni band qilish mumkin

Jamiyat 30.09.2020, 21:04
Bo`stonliq tajribasi: Endi “dacha”larga bormasdan narxlarni ko`rish va ularni band qilish mumkin

Davlat soliq qo`mitasi tomonidan “Soliq idorasi – tadbirkorga ko`makchi” shiori ostida Toshkent viloyatining Bo`stonliq tumanida OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi.Press-tur davomida tumanda tajriba sifatida o`zini oqlayotgan soliq tizimi haqida qiziqarli ma`lumotlar berildi. “dacha” xizmatlarining qonuniylashtirilishidan bugun davlat ham, tadbirkorlar ham, iste`molchilar ham manfaatdor bo`lmoqdalar. Qanday qilib deysimi? Unda sahifamizni oxirigacha o`qing.

orom.uz – bizga ishoning!

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 fevraldagi 107-sonli qarori bilan 2020 yil 1 maydan 2021 yil 1 maygacha mazkur hududda tajriba tariqasida soliq solish ob`ektlarini hisobga olish va soliq ma`muriyatchiligining alohida tartibi joriy etilgan. Tajriba davrida jismoniy shaxslar tomonidan ijaraga beriladigan dam olish uylari, dala hovli va yashash uchun mo`ljallangan turar joylar, shuningdek, suv transporti, suv motosikllari, qorda yuradigan texnika vositalari, kvadrasikllar, paraplan va deltaplanlar, supa, so`ri va shunga o`xshash dam olish obe`ktlari jismoniy shaxslarning daromad manbai sifatida ro`yxatga olindi.Buning uchun Bo`stonliq tumanining G`azalkent shahri, “Do`stlik”, “Sijjak” va “Novobod” mahalla fuqarolar yig`ini hududlarida 4 ta soliq tayanch punkti tashkil etildi. Ushbu punktlarga maxsus o`quv kurslarida malaka oshirgan 30 nafar soliq xizmati xodimlari biriktirildi.Mazkur tajriba doirasida Davlat soliq qo`mitasi Toshkent viloyatining Bo`stonliq tumanidagi dam olish maskanlarini ijaraga olish to`g`risida ishonchli ma`lumotlarning yangi xizmati – orom.uz – yagona elektron platformasini ishga tushirdi.Platforma geografik ro`yxatida soliq solishning yangi tartibi sinovdan o`tkazilayotgan xushmanzara hududlar – Sijjak, Bo`stonliq, Yusufxona, Soyliq va Do`stlik qo`rg`onlari ko`rsatilgan.

Barchasi qonuniy!

Ijaraga beruvchilar orom.uz saytiga ijara ob`ektlari haqidagi ma`lumotlarni bepul joylashtiradi. Mijozlar dam olish ob`ektini masofadan turib tanlashi, band qilishi va ular uchun to`lovni amalga oshirishi mumkin. To`lov amalga oshirilgandan so`ng, dam oluvchining elektron pochtasiga band qilinganlik haqida xabarnoma yuboriladi. Dam oluvchilar saytda ro`yxatdan o`tib, ob`ektlarni tanlashi va band qilishi, shuningdek, ularni turli mezonlar bo`yicha baholab, sharhlar qoldirishi mumkin. Jismoniy shaxslar yangi tartib tufayli qonuniy ravishda daromad keltiruvchi faoliyat bilan shug`ullanishlari mumkin.Platformadagi barcha ma`lumotlar ishonchli. Ob`ektlarning orom.uz saytida mavjudligi ular faoliyatining qonuniyligini bildiradi.

Hozirgi kunda orom.uz platformasida turizm xizmatlari iste`molchilari uchun foydali bo`lgan qo`shimcha ma`lumotlarga ega 3700 dan ortiq dam olish ob`ekti mavjud. Unda ob`ektlarning tavsifi, fotosuratlari, xarita bo`yicha joylashuvi (geolokasiya) va ijara narxi ko`rsatilgan.

Narxlar va fotosuratlar yolg`on bo`lsa-chi?

Agar sizdan saytda ko`rsatilganidan farq qiladigan narxni to`lashingizni so`rashsa, taklif etilgan dala hovli yoxud boshqa ob`ektning fotosurati haqiqiy ko`rinishiga mos kelmasa, joylardagi mavjud soliq tayanch punktlariga murojaat qilish mumkin.

“Turli saytlarda reklama berishga xojat qolmadi”

Dala hovlini qurib, ishga tushirganimizga bir yil bo`ldi, – deydi tadbirkor Mansur Nurmetov. – Ushbu ob`ektni orom.uz platformasida ro`yxatdan o`tkazganimizdan so`ng turli saytlarda reklama berishga xojat qolmadi. Avvalari, mijoz kelishi yoki kelmasligidan qat`iy nazar, deklarasiya asosida yillik daromad solig`i to`lanar edi. Yangi tizimning qulayligi shundaki, daromad solig`i faqat ijaraga berishdan olingan daromad uchun hisoblanadi. 

Hamma ham manfaatdormi?

— Bo`stonliq tumanida soliq solishning yangicha tartibi mahalliy byudjetga daromadlar tushumlarining qo`shimcha manbalarini yaratmoqda, – deydi Bo`stonliq tumani DSI bosh inspektori Otabek Fattohov. – Tajriba davrida men nazorat qilayotgan “Xo`jakent” MFY hududida 250ga yaqin ob`ekt ro`yxatga olindi. O`tgan vaqt mobaynida dam olish maskanlarini ijaraga berishdan daromad olgan 138 ta ob`ekt egasi soliqlarini o`z vaqtida to`ladi. Shuningdek, pandemiya davrida mijozlar kamligi sababli 60dan ziyod ob`ektlarga dam oluvchilar kelmadi. Ushbu mulk egalari daromad solig`i to`lamadi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1