AsosiySport

Shomurodovning Italiyaga transferi tasdiqlandi

'Shomurodovning Italiyaga transferi tasdiqlandi'ning rasmi

«Jenoa» klubi sport direktori Daniele Fajiano «Rostov» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov transferini tasdiqladi.

«Biz transfer shartlari borasida kelishuvga erishdik. Shomurodov yaqin kunlar ichida Italiyaga etib kelishi kerak. Umid qilamanki, barchasi tez orada hal bo`ladi», - deya Fajianoning so`zlarini keltirmoqda Metaratings.

Avvalroq, «Rostov» klubi Eldor Shomurodovni 9 million evro evaziga Italiya klubiga qo`yib yuborishga rozi bo`lgani haqida xabar berilgandi.

    Boshqa yangiliklar