1 oktyabr kuni soat 14:00 larda, Toshkent shahar, Mirzo Ulug`bek tumani, Mustaqillik shoh va Movarounnahr ko`chalari kesishmasida xizmat olib borayotgan YPX inspektorining to`xtash ishorasiga bo`ysunmagan “Lasetti” rusumli avtomobil haydovchisi 30 yoshli T.A. katta YTHning sababchisiga aylandi. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.

Qoidabuzar haydovchi harakatini davom ettirib, o`zidan oldinda bo`lgan “Matiz”, “Cobalt”; “Hyundai”, “Nexia”, “Spark”, “Damas” rusumli transport vositalariga texnik shikast etkazib, yo`lning qarama-qarshi bo`lagini ajratib turuvchi qismida, tungi vaqtda yoritish uchun o`rnatilgan simyog`ochga urilib to`xtagan.

Natijada, tan jarohati olganlar yo`q.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ma`lumot o`rnida, haydovchining me`yoriy hujjatlari to`liq bo`lmaganligi sababli YPX xodimining to`xtash ishorasiga bo`ysunmasdan, tezligini me`yoridan oshirib harakatlanganligi ma`lum bo`ldi.






