Rossiyalik taniqli sharhlovchi Gennadiy Orlov o`zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovning "Rostov"dan "Jenoa"ga o`tib ketishi haqida o`zining fikrlarini bildirib o`tdi. Bu haqda uff.uz yozdi.

"Bir yarim yil avval men bu futbolchining maydondagi salohiyatini ko`rib hayron qolgandim, yaxshi ma`noda. Chunki, uning futbol aqli boshqa rossiyalik hujumchilardan yuqoriroq edi. Qarang - men haq bo`lib chiqdim.
"Jenoa" shuncha rossiyalik futbolchilar turib, Eldorni taklif qildi. Demak, men futbolni tushinar ekanman. U uchun xursandman. Shomurodov saviyali futbolchi.
O`zbekistonda iqtidorli futbolchilar ko`p bo`lgan. Krasniskiy, Stadnik, Abduraimov - ular ajoyib bo`lishgan.
O`zbekiston diyori doim ajoyib futbolchilarni bergan. "Paxtakor" bo`lsa Sovet Ittifoqida porlagandi", - deydi Orlov.






