Shijoati bilan dunyoga tanilgan sarkarda, Chingizxondek yovga mardonavor qarshi chiqqan Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdiga bag`ishlangan “Mendirman Jaloliddin” serialida Chingizxon obrazini o`zbek aktyori Javohir Zokirov ijro etmoqda. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Shuningdek, Gulenay Kalkan, Saida Rametova, Tohir Saidov, Ra`no Shodieva, Rayhon Ulasenova, Yulduz Rajabova, Feruza Normatova, Jahongir Abdumalikov, Akmal Mirzo, Alisher Uzoqov, Akbarxo`ja Rasulovlarni asosiy rollarda ko`rish mumkin, deyiladi ma`lumotda.
Ma`lum qilaimizdek, kecha “Mendirman Jaloliddin” serialining taqdimot marosimi bo`lib o`tdi. Unda so`zga chiqqan Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov quyidagi fikrlarni bildirdi:
“Agar biz tariximizga mehr qo`ysak, bugungi uyg`onish davrini amalga oshira olamiz” “Mendirman o`shal” qo`shig`i bilan qalbimdan chuqur o`rin olgan Jaloliddin Manguberdini yurakdan sevib qolganim rost. Serial davomida shu qo`shiq musiqasi yangrab turadi. Uni eshitganimda vujudimda benihoya jo`shqinlik, cheksiz hayajonni tuyaman. Boisi “Mendirman Jaloliddin” kinofilmi o`zbek xalqini dunyoga tanitadigan yuqori saviyada yaratilgan keng qamrovli ilk tarixiy asar sifatida e`tirof etilishiga shubha yo`q.