AsosiyJamiyat

Lola Islomovna «Karimova» familiyasini o`zgartirdimi?

'Lola Islomovna «Karimova» familiyasini o`zgartirdimi?'ning rasmi

O`zbekistonning birinchi prezidenti marhum Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillaeva o`ziga taxallus tanladi. Endi u ingliz tilida yozadigan maqola va tadqiqotlarini «Lola Till» imzosi bilan chop etadi. Bu haqda xabar.uz ma`lum qildi.

Islom Karimov vafotidan so`ng Lola Karimova-Tillaeva eri va uch nafar farzandi bilan AQShdan qo`nim topib, o`sha erda tinch va farovon yashamoqda. Karimova-Tillaeva oilasi okean ortida bir nechta qimmatbaho ko`chmas mulklarga egalik qiladi.

Kichik Karimova 2017 yildan beri O`zbekistonga kelgani yo`q. U hatto otasining vafotiga yil to`lishi bilan o`tkazilgan turli tadbirlarda ham ko`rinish bermagandi.

    Boshqa yangiliklar