AsosiyJamiyat

O`zbekistonga quruq va sovuq oqim kirib kelmoqda — haftalik ob-havo ma`lum qilindi

'O`zbekistonga quruq va sovuq oqim kirib kelmoqda — haftalik ob-havo ma`lum qilindi'ning rasmi

O`zgidromet markazning xabariga ko`ra, bugun O`zbekistonda ob-havo kam bulutli va ochiq bo`ladi, harorat iqlimiy me`yorlardan biroz past bo`lib 20-25 darajani tashkil qiladi.

Kechqurun mamlakatimiz hududining katta qismida bulutlilik ortib, respublikaning shimoli-g`arbiy tumanlarida shamol kuchayib 15-20 m/s gacha tezlikda esadi.

Ertaga respublikaga Ural hududidan quruq, ammo sovuq oqim kirishi kutilmoqda. Respublika bo`yicha ayrim joylarda shamolning tezligi oshadi. Tunda hali iliq, 7-12 daraja atrofida bo`ladi, kunduzi esa sovuq kirishi sababli harorat 15-20 darajagacha pasayadi, bu ko`rsatkich kun me`yoridan 4-6 darajaga pastdir. Tog`oldi va tog`li hududlarda ayrim joylarga yomg`ir yog`ishi mumkin.

7-10 oktyabrda O`zbekiston hududi atmosferadagi shimoliy havo oqimlari ta`sirida bo`ladi. Tungi harorat 3-8 darajagacha, shimolda 0-5 darajagacha pasayadi. Bunday past tungi haroratlar haftaning oxirigacha saqlanib turadi.

Kunduzgi harorat 7-8 oktyabrda 17-22 darajani, 9-10 oktyabrda 15-20 darajani tashkil qiladi.

    Boshqa yangiliklar