AsosiyJamiyat

Shov-shuvlarga sabab bo`layotgan o`zbek aktyorining suratdagi holatiga aniqlik kiritildi

'Shov-shuvlarga sabab bo`layotgan o`zbek aktyorining suratdagi holatiga aniqlik kiritildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda yosh aktyor Fotih Nasimovning miltiq hamda qo`lida o`lja bilan tushirilgan foto hamda unga "Oxotnik i dobcha, v jizni chasto menyayutsya mestami...” izohi bilan qoldirilgan xabar jurnalist va blogerlar o`rtasida ancha shov-shuvga sabab bo`ldi.

Davlat ekologiya qo`mitasi mazkur holatga oydinlik kiritish maqsadida o`rganish ishlarini olib bordi. Holat yuzasidan yosh aktyorning o`zi quyidagicha izoh bergan:

“Bir necha hafta oldin “Meros” filmini suratga olish ishlari Toshkent viloyati, Bo`stonliq tumanida 30 ga yaqin ijodiy guruh va hokimlik, ekologiya boshqarmasi va ichki ishlar xodimlari ishtirokida bo`lib o`tgan edi. Tog` qo`ynida film uchun dekorasiya qurilib, ov sahnalari suratga olingan edi. 1910 yilga tegishli ov miltiqlari va suratga olish uchun avvaldan, “O`zbekfilm” kinostudiyasidan olib kelingan "quyon va qirg`ovul" hayvonlarining qotirilgan butaforiyalaridan foydalanilgan edi."

 

    Boshqa yangiliklar