AsosiyJamiyat
5037

Ahmadjon Mamadjanov Namangan viloyati hokimi yordamchisi etib tayinlandi

'Ahmadjon Mamadjanov Namangan viloyati hokimi yordamchisi etib tayinlandi'ning rasmi

Ahmadjon Mamadjanov Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqovning yordamchisi etib tayinlandi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lumot uchun, Ahmadjon Mamadjanov 1989 yilda Namangan shahrida tug`ilgan. 2011 yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2011 yilda Namangan shahridagi “Adjama” kompaniyasida menejerlikdan boshlagan.

2013—2020 yillarda Namangan shahar hokimligi ish yurituvchi-kadrlar inspektori, shahar hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi 1-toifali mutaxassisi bo`lib ishlagan.

2019—2020 yillarda Namangan shahar hokimining yordamchisi bo`lgan. 2020 yil 18 maydan hozirga qadar O`zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi raisining yordamchisi bo`lib ishlab kelayotgandi.

Ahmadjon Mamadjanov viloyat hokimining 2020 yil 5 oktyabrdagi farmoyishi bilan Namangan viloyati hokimining yordamchisi etib tayinlandi.

 
  

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar