AsosiyJamiyat
2089

Koronavirusga qarshi samarali preparatlar aholiga davlat hisobidan berilmoqda... mi?

'Koronavirusga qarshi samarali preparatlar aholiga davlat hisobidan berilmoqda... mi?'ning rasmi

O`zbekistonda pandemiya sharoitida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan dori-darmon taqchilligini oldini olish maqsadida davlat tomonidan qator choralar ko`rilmoqda. Avvalo, hududlarda etishmovchilik kuzatilayotgan dori-darmonlar aniqlanib, ularni etkazib berish masalalari hal etilmoqda deb xabar beradi SSV matbuot xizmati.

Ma`lum bo`lishicha, hozirda ushbu dori vositalarining 24 milliard so`mlik zahirasi shakllantirilib, ayni paytgacha poliklinikalar orqali 300 ming to`plam dori qutilari aholiga tarqatilmoqda.

Ma`lumki, hozirda jahon tibbiyotida koronavirus infeksiyasidan davolash uchun “Remdesivir” va “Favipiravir” dori vositalari keng qo`llanilmoqda. Davlatimiz rahbarining topshirig`iga asosan, aholini aynan shunday sifatli va qimmatbaho preparatlar bilan bepul ta`minlashga alohida e`tibor qaratilmoqda. Hozirga qadar kasallikning boshlang`ich bosqichidagi bemorlar uchun 17 ming dona (17 ming nafar bemorga mo`ljallangan) “Favipiravir” va og`ir holatdagi bemorlar uchun 15 ming dona (2 500 nafar bemorga mo`ljallangan) “Remdesivir” dori vositasi davolash muassasalariga bepul etkazib berildi.

Eng e`tiborlisi, O`zbekistonda ham ishlab chiqarilishi yo`lga qo`yilayotgan “Remdesivir” preparati bilan aholini ta`minlash qisqa vaqt ichida bir necha barobarga oshirilishi kutilmoqda.

Shuningdek, ayni paytgacha maktab o`qituvchilari uchun 4 million 715 ming dona tarkibida koronavirusga qarshi samarali bo`lgan sink mikroelementi mavjud preparatlar etkazib berildi.

Shavkat Mirziyoev tomonidan har oy shu kabi dori vositalari turkumini respublika shifoxonalariga uzluksiz etkazib berish bo`yicha tegishli topshiriqlar berilgan.

 
  

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar