1

Pnevmoniyaga chalingan bemorlar rasmiy statistikaga kiritilmaydi

Jamiyat 07.10.2020, 22:45
Teglar: Pnevmoniya
Pnevmoniyaga chalingan bemorlar rasmiy statistikaga kiritilmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusdan davolanayotganlar soni, xususan, Samarqand viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bo`yicha berilgan Sog`liqni saqlash vazirligining rasmiy statistik ma`lumotlariga nisbatan tanqidiy munosabat aks etgan bayonotga javoban quyidagilarni ma`lum qilamiz, deb xabar bermoqda SSV axborot xizmati.

Vazirlik koronavirus bilan bog`liq statistik raqamlarni yashirishdan manfaatdor emas. Bundan tashqari, koronavirus statistik ko`rsatkichlari Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan olib boriladi va unga maxsus laborator (PZR) tibbiy tekshiruvlar (shu jumaladan, nodavlat tibbiyot muassasalarida o`tkazilgan test natijalari) orqali kasalligi tasdiqlangan bemorlargina kiritiladi. 

Ayrim simptomlar mavjud bo`lib, koronavirusga gumon qilingan, lekin infeksiya tasdiqlanmagan, shuningdek, pnevmoniya yoki o`tkir respirator infeksiyasiga chalingan yoki ularga gumon qilingan bemorlar, tabiiyki, umumiy rasmiy statistikada hisobga olinmaydi.

Qolaversa, hozirda mavsumiy yuqumli respirator kasalliklar avj oladigan kuz fasli boshlanganini inobatga olsak, turli virusli kasalliklarning aholi orasida avj olishi ham davolash muassasalaridagi bemorlar sonining ko`payishiga sabab bo`lmoqda. 

Yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonalar hamda yurtimizning qator hududlaridagi Saralash va taqsimlash markazlari, shuningdek, vaqtinchalik “COVID” shifoxonalarida, jumladan, Samarqand va Andijon viloyatlarida ham bunday bemorlar stasionar sharoitda davolanishmoqda. 

Misol uchun, hozirda Samarqand viloyatida 14 ta tuman va 2 ta shahar aholisi uchun 41 ta shifoxonada jami 11 763 shifo-o`rinlari mavjud. 

Shundan koronavirusni davolash hamda kasallikda gumon qilingan bemorlar boshqa bemorlardan alohidalash uchun yuqorida ko`rsatilgan 14 ta tuman va 2 ta shaharda 2 950 ta shifo-o`rni yaratilgan.  

Hozirda ushbu shifo-o`rinlarida koronavirusga gumon qilingan, lekin PZR laborator tekshiruvida tasdiqlanmagan (shu jumladan, klinik simptomlari o`xshash bo`lgan mavsumiy yuqumli respirator kasalliklarga chalingan) bemorlarni boshqa turdagi kasalliklardan alohida stasionar davolanishi tashkil etilgan.

Shu yil 7 oktyabr holatiga ko`ra, viloyatda 136 nafar JSST tavsiyalari asosida koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemor davolanmoqda. Bu vazirlik berayotgan rasmiy statistikaga mos keladi.

Shuni ta`kidlab o`tish joizki, ijtimoiy tarmoqlarda tibbiyot nuqtai nazaridan, shuningdek, yuqorida ko`rsatilgan koronavirus hamda unga gumon qilingan yoki mavsumiy respirator yuqumli kasalliklari mavjud bemorlarning umumiy statistikasi tahlil qilinmagan holda berilgan.

Sog`liqni saqlash vazirligi aholi orasida o`rinsiz carosimaga sabab bo`luvchi tasdiqlanmagan axborotlarni tarqatmaslikni, shuningdek, faqat rasmiy ma`lumotlarga tayangan holda fikr yuritishni so`rab qoladi. 

Sharhlar

Pnevmoniya nasl surishi mumkinmi? Shifokor aniqlik kiritdi

04.12.2021, 17:43

Shifokorning so`zlariga ko`ra, barcha pulmonologik kasalliklar ham nasldan naslga o`tmaydi. Nasl suradigan kasalliklar guruhiga mukovicsidoz, bronxial astma va boshqa allergik kasalliklar kiradi."Oilada ota yoki ona...
O`zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari soni 400 nafardan kamaydi, 15 kishida pnevmoniya aniqlandi

11.10.2021, 10:21

Kecha O`zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari 400 nafardan kamaydi, 2 nafar bemor vafot etdi. Shuningdek, 15 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Bu haqda SSV xabar berdi.Qayd...
O`zbekistonda yana 448 kishi koronavirus bilan kasallandi, 37 nafar inson pnevmoniyaga chalindi

04.10.2021, 11:06

O`zbekistonda yana 448 kishi koronavirus bilan kasallandi, 37 nafar inson pnevmoniyaga chalindi. Bu haqda  SSV xabar berdi.Unga asosan, so`nggi kecha kunduzda O`zbekistonda 450 nafarga yaqin...
Kecha O`zbekistonda 530 nafardan ziyod kishi koronavirusga chalindi. 118 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi

23.09.2021, 10:47

Kecha yurtimizda 530 nafardan ziyod kishida koronavirus aniqlanib, 4 nafar bemor vafot etdi. Shuningdek 118 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1