1

iPhone 7 qachon sotuvga chiqarilishi ma`lum bo`ldi

Hi-tech 05.01.2016, 13:51
  iPhone 7 qachon sotuvga chiqarilishi ma`lum bo`ldi

Sifat belgisini birinchi o`ringa qo`ygan Apple kompaniyasi 2016 yilda yangi gadjetni taqdim etadi. Yangi qurilmaning qanday nomlanishi va qachon sotuvga chiqarilishi hozircha aniq emas. Mutaxassislar taxminicha, qurilma 2016 yilning kuz oylarida bozor «yuzi» ni ko`radi.   iPhone ning keyingi avlodi hozirgisidan ham ingichkalashib ketishi mumkinligini ko`pchilik bashorat qilayotgan bo`lsada,  Apple mutaxassislari o`zgarishlar ko`proq tashqi ko`rinishida bo`lishini ta`kidlashmoqda. Ekran kattaligi iPhone`ning so`nggi rusumlarida qo`llanilgan ikki ko`rinish 4.7 va 5.5 dyuym xajmlarda bo`ladi. Ta`kidlash joizki, so`nggi yillarda mazkur kompaniya surat va video tasvirining tiniq ishlanishiga ko`proq urg`u berayapti.  Bunda  Apple kompaniyasi tasvirga olish qurilmasining yangi ko`rinishlarini ishlab chiqarib, innavasion loyihalardan foydalanayapti. Bir sirni ochishimiz mumkin, kuz oyida havola etilishi kutilayotgan qurilmada butunlay yangicha tasvirga olish kamerasi bo`ladi. Kamera qurilmasi professional darajadagi surat ishlash imkonini berishi bilan ta`kinlanmoqda. Bu yangilik suratga olishni yoqtirganlarni befarq qoldirmasligi aniq. «Yangi fotokamera yordamida olingan tasvir professional darajadagi surat bilan bemalol raqobatlasha oladi» deydi Apple`chilar. Xo`sh, ta`rifi halitdan quloqqa og`irlik qilayotgan yangi qurilmaning yana qanday “hunarlari” bor? Kompaniya dasturchilari qurilmaga trasformasiya ya`ni shakl ko`rinishining o`zgarishi imkoniyatini ham kiritganliklarini ma`lum qilishdi.

Uyali telefon apparati televizorning boshqaruv pulti o`rnini bosadi! Xo`sh, bunisiga nima deysiz? Televizor boshqaruvini qo`lga olish uchun iPhone 7 ga LTE chip o`rnatilib, bu chip yordamida barcha tarmoqlarga ulanish mumkin bo`ladi. Shunday bo`lsada, hozircha teletarmoqlarning qay biri bilan asosiy shartnoma imzolanishi aniq emas. Ayrim ma`lumotlarga  ko`ra hozirda Intel kompaniyasi bilan muzokaralar olib borilmoqda. Agar kelishuv imzolansa, uyali telefonlarda internet sifati yaxshilanadi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1