1

Tutqanoqni davolash samara beradimi?

Salomatlik 05.01.2016, 14:25
Tutqanoqni davolash samara beradimi?

Talvasa xurujlari bilan kechadigan  tutqanoq (epilepsiya) aslida nerv tizimining kasalligidir. Bu xastalikni davolash jarayoni juda uzoq cho`ziladi va ko`pchilik hollarda muolajalar hech bir samara bermasligi mumkin. Kasallik bolalarda (14 yoshgacha) eng ko`p rivojlanib, yoshi ulg`aygani sari kamayib boradi,  qarilik davrining boshlanishi bilan esa kasallik rivojlanishi yana ortadi.

Nega yoshlarda ko`proq uchraydi?

Tutqanoq rivojlanishi yoshlarda ko`p uchrashiga sabab shuki, ular  miyasining po`stlok qismida nerv hujayralari (neyronlar) soni kattalarnikiga nisbatan uch marotaba ko`p bo`ladi. Demak bolalar miyasining qo`zgalish xususiyati xam o`rta yoshli kishilarnikiga nisbatan uch marotaba balanddir. Keksa kishilarda bosh miya qon tomirlarida ateroskleroz jarayonining rivojlanganligi sababli, bosh miya to`qimasini qon bilan, ya`ni kislorod bilan ta`minlanishi kamayadi. Bu esa o`z navbatida bosh miya qo`zg`aluvchanligi oshishiga olib keladi.

Tutqanoqning o`ziga xos xususiyati shundaki, dastlabki bir necha yil mobaynida, bemorlarni  fakat talvasa xurujlari bezovta qiladi xolos. Xurujdan tashkari davrda esa bemorlar soppa-sog` bo`lishadi. Bemorlarning ayrimlarida kuzatiladigan ruhiy buzilishlar ular uzoq vaqt mobaynida tegishli davo kurslarini olmagan hollarda rivojlanadi. Epilepsiya xastaligini davolash  esa juda mushkul vazifa hisoblanadi.

Zamonaviy tekshiruvlardan so`ng...

Tibbiyotga kompyuter texnologiyasiga asoslangan neyrovizual tekshirish usullari kiritilgunga qadar epilepsiya bosh miyaning  nasldan-naslga o`tadigan funksional kasalligi deb tushunilardi. Neyrovizual tekshirish usullari xar qanday talvasa xuruji bosh miyaning organik kasalligi oqibati ekanligini tasdiqladi. Xususan, endilikda magnit-rezonans tomografiya usuli yordamida epilepsiya xastaligi paytida mavjud bulgan bosh miyadagi anatomik o`zgarishlarni va hattoki moddalar almashinuvi pasaygan, ya`ni epileptik qo`zg`aluvchanlik rivojlanayotgan o`choqlarni va likvorodinamik o`zgarishlarni ham aniqlash mumkin. Epilepsiya xastaligiga uchragan bemorlarda kallaning ichki bosimini o`rganish shuni ko`rsatdiki, talvasa xurujlari mavjud bo`lgan bemorlarning barchasida kallaning ichki bosimi doimo baland bo`lar ekan. Bemorlardagi talvasa xurujlarining soni ana shu ko`rsatkichning kattaligiga bog`liqdir.  Ya`ni bemorda kallaning ichki bosimi qanchalik baland bo`lsa tuqanoq xurujlarining  takrorlanish soni ham shunchalik ko`p bo`ladi. Epilepsiya xurujlari mavjud bo`lgan bemorlardagi kallaning ichki bosimini oshishi hech qanday klinik alomatlarsiz kechadi. Aniqroq qilib aytganda bemorlardagi kallaning ichki bosimi qanchalik baland bo`lishiga qaramasdan ularni bosh og`rig`i, ko`ngil aynishi va qusish kabi klinik a`lomatlar bezovta qilmaydi.

Bugungi kunda shu narsa aniqki,  kalla ichki bosimining oshishi oqibatida bosh miyaga qon (kislorod) kelishining kamayishi, miya to`qimasidagi (gipometabolik) emirilish jarayonini keltirib chiqaradi. Shu sababdan xam tutqanoq xastaligi paytida bosh miyani qon bilan ta`minlanishini kuchaytiruvchi dorilardan foydalanish xam vaqtinchalik natija beradi.

Yangi usul samarasi

Demak, tutqanoq (epilepsiya) xastaligiga uchragan bemorlarni davolash natijasini yaxshilash uchun avvalo kallaning ichki bosimini me`yoriga keltirish, ya`ni miyani qon va kislorod bilan ta`minlanishini mo``tadillashtirish kasallikning tuzalishini tezlatuvchi omil hisoblanadi.

Epilepsiya xastaligini davolash borasidagi tajribalar shuni ko`rsatdiki, kallaning ichki bosimi mo``tadil pasayishini ta`minlamasdan  o`tkazilgan xar qanday intensiv davolash ham bemorlarni bu xastalikdan qutqarmaydi. Ya`ni kallaning ichki bosimini me`yoriga keltirmasdan o`tkazilgan har qanday davo bu xastalikning dori-darmon foyda bermaydigan (farmakorezisent) formasi rivojlanishiga olib kelishi muqarardir.

Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining neyroxirurgiya bo`limida yuqorida ta`kidlanganlarga asoslanib, epilepsiya kasalligini davolashning xirurgik usuli ishlab chiqildi. Epilepsiya xurujlari mavjud bulgan bemorlarda avvalombor jarrohlik  yo`li bilan kallaning ichki bosimini mo``tadil  me`yoriga keltirgandan keyin, uzluksiz konservativ davo o`tkazish, bemorlarni bu xastalikdan qutulishlarini ta`minlovchi benazir usul ekanligini ko`rsatdi.  

Epilepsiya kasalligini davolash natijalarini o`rganish shuni ko`rsatdiki, avval xirurgik yo`l bilan kallaning ichki bosimini doimiy pasayishini ta`minlagach, tegishli dori-darmonlardan foydalanish «epilepsiya bedavo dard» degan tushunchaning hukmronligiga chek qo`ydi. 

Maqola Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi Neyrojarrohlik bo`limi mudiri Rahmatilla Bektoshev tavsiyalari asosida tayyorlandi. 

Sharhlar

Меҳмон 17.10.2023, 13:13
Ёрдам беринглар илтимос
Mehmon 08.12.2022, 20:12
Даво борми бу касалликка
Mehmon 07.11.2022, 13:11
Yordamberinng
Mehmon 18.07.2022, 22:12
Ёрдам беринг
Меҳмон 27.12.2021, 12:34
Эпилепсияни.кандай.даволаш.мумкин
Меҳмон Мирзаева Муслимахон Киргизистонди Ош шахридан 27.11.2021, 01:17
Эплепсия болади кучли ёрдам берилар даволашга
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1