AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjondagi "Sea Breeze" dam olish majmuasi faoliyati bilan tanishdi

Tashrif chog‘ida Kaspiy dengizining g‘arbiy sohilidagi ushbu yirik xalqaro sayyohlik markazi faoliyati haqida taqdimot o‘tkazildi.

'Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjondagi "Sea Breeze" dam olish majmuasi faoliyati bilan tanishdi'ning rasmi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga davlat tashrifining birinchi kuni yakunida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev hamrohligida "Sea Breeze" dam olish majmuasi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Tashrif chog‘ida Kaspiy dengizining g‘arbiy sohilidagi ushbu yirik xalqaro sayyohlik markazi faoliyati haqida taqdimot o‘tkazildi.

Davlatimiz rahbariga bu yerda yaratilgan sharoitlar, dam olish zonalari, plyajlar, sport maydonchalari, mehmonxonalar, kottejlar va turar-joy majmualari haqida ma’lumot berildi.

Loyiha zamonaviy "Kaspiy riverasi"ga aylangan. Kurort qariyb 500 gektar maydonni egallagan. Bu yerda 6,5 kilometrlik plyaj zonasi, 150 gektar maydonda yashil hududlar va dam olish obyektlari mavjud bo‘lib, 700 mingga yaqin daraxt va butalar ekilgan.

    Boshqa yangiliklar