Telegram asoschisi Pavel Durov “Vazhniye istorii” va boshqa OAVning tanqidiy materiallari ortida messenjerga qarshi uyushtirilgan kampaniya bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
Uning fikricha, bu — Telegram’ni obro‘sizlantirishga qaratilgan muvofiqlashtirilgan harakatlar ko‘rinishida yuz bermoqda.
Durov bir nechta misollarni keltirdi:
— OSINT-kanallar bilan bog‘liq ayblovlar – Unga ko‘ra, ayrim Rossiya va Ukraina OAV Telegram siyosiy sabablar bilan ochiq razvedka kanallarini bloklagani haqida “yolg‘on xabar” tarqatgan. Aslida esa, “bu kanallar avtomatik tizimlar orqali vaqtincha to‘xtatilgan, sabab esa shaxsiy ma’lumotlar tarqatilishi bo‘lgan”.
— IP-manzillar haqida “texnikasiz” tekshiruv – Ba’zi nashrlar Telegram foydalanuvchilari xavfsizligini tahdid ostiga qo‘yayotgan IP-manzillar haqida maqola chiqargan. Durov bu xabarlar “mutaxassislar tomonidan rad etilganini”, ammo rad etishlar keng yoritilmaganini aytmoqda.
— “Panorama” nashri tarqatgan soxta xabar – Telegram’ning Rossiyadan chiqib ketayotgani haqidagi yolg‘on xabar parodiya nashrida paydo bo‘lgan, ammo ko‘pchilik buni jiddiy qabul qilgan. Natijada Telegram platformaning o‘zida bunday postlar ostiga raddiya belgisi qo‘shishga majbur bo‘lgan.
“Telegram 12 yildan buyon shaxsiy hayot va axborot erkinligi tarafdori sifatida faoliyat yuritmoqda. Bu esa bizni ko‘plab OAV tomonidan bosim ostiga qo‘ymoqda”, — deydi Telegram asoschisi.