AsosiyDunyo

Shveysariyada issiq sababli AES faoliyati cheklab qo‘yildi

AES reaktorlarini sovitish uchun foydalaniladigan Aare daryosining suvi haddan tashqari qizib ketgan.

'Shveysariyada issiq sababli AES faoliyati cheklab qo‘yildi'ning rasmi

Shveytsariyaning Benzauda joylashgan atom elektr stansiyasining (AES) birinchi bloki jazirama issiq sababli vaqtincha yopildi. Bu haqda stansiya operatori “Axpo” kompaniyasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, AES reaktorlarini sovitish uchun foydalaniladigan Aare daryosining suvi haddan tashqari qizib ketgan. Normalda sovitish tizimidan o‘tgan suv yana daryoga qaytariladi. Ammo daryodagi suv harorati 25 darajadan oshib ketgani uchun, sovitish jarayonidan so‘ng tabiatga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Ax kompaniyasi bu cheklovlar “ekotizimni himoya qilish va ekologik normalarga rioya etish” maqsadida joriy etilganini ta’kidladi.

Ta’kidlash joizki, Benzauda bunaqa holat 2022 yilda ham kuzatilgan edi. O‘shanda ham butun Yevropada anomal issiqlar kuzatilgan va hatto Fransiya ham o‘z AESlarida cheklovlar joriy qilgan edi.

    Boshqa yangiliklar